Senat Raisi va senatorlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi 

12:18 26 Iyul 2023 Siyosat
628 0

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan stipendiya tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. Tanlov natijalariga koʻra 154 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar Fond stipendiyasi sohiblari deb topildi.

Kuni kecha Senat Raisi Narbayeva va senatorlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiatlarining Oliy Majlis Senatiga tashrifi doirasida ular bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Stipendiatlar Senat faoliyati, uning tarkibi, senatorlar, qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda Senat Raisi T. Narbayeva “El-yurt umidi” stipendiyasi tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklab, davlatimiz rahbari boshchiligida professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilayotganiga alohida toʻxtaldi.

Qayd etilganidek, albatta, davlat rahbari boshchiligida yoshlarning xorijda grand asosida tahsil olishini qoʻllab-quvvatlash oʻzining yuksak natijalarini bermoqda. Hozirgi kunda 500 nafarga yaqin stipendiatlar jamgʻarma mablagʻlari hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli taʼlim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida taʼlim olmoqda. Bu koʻrsatkichlarning barchasi Oʻzbekistonda intellektual rivojlangan yoshlar shakllanayotganidan dalolat beradi.

Muloqot davomida stipendiatlar Senat Raisiga turli mavzularda takliflar berib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Xususan, yoshlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasiga oid qonunlarni takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha yangi platformalarni yaratish kabi qator takliflar ilgari surildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер