Senat Kengashi tomonidan 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlarning namunalari hamda dizayni maʼqullandi
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasiga koʻra pul belgilarining namunalari, shuningdek, ularning dizayni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabar, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Shu oʻrinda Oliy Majlis Senati Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlarning namunalari hamda dizaynlarini maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ushbu banknotlarning tavsiflari va dizayni Markaziy bank tomonidan tegishli tartibda eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring