Favqulodda vaziyatlar vazirligi yana sel xavfi haqida ogohlantirdi
2018 yilning 27-28 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar bergan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat), 28 may kuni shamol tezligi 22 m/s (79 km/soat)gacha kuchayishi, joylarda 25-30 m/s (90-108 km/soat)gacha kuchayishi kutiladi.
Xabarda tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi ehtiyot choralarini ko‘rishi hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring