Sektorlarning mahallabay ishlash tizimi oʻrganildi
Foto: Халқ сўзи
Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida aholi oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning daromadlarini koʻpaytirish, pirovardida kambagʻallikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni shu yoʻnalishda amaliyotga tatbiq etilgan mahallabay ishlash tizimi, bunda kechayotgan oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini oʻrganish, shuningdek, sektorlar faoliyatini tahlil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali rahbari va inspektorlardan iborat guruh Paxtakor tumanda boʻldi.
— Oʻrganishlardan angladikki, aholini tadbirkorlikka oʻrgatish, banklardan kreditlar olishda fuqarolarga yordamlashish, mahallani obodonlashtirish, tomorqa dehqonchiligini rivojlantirish borasida hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp ekan, — deydi Paxtakor tumani “Doʻstlik” MFY hokim yordamchisi Ozoda Otajonova. — Amaliy ishlar bilan birgalikda hujjatlarni yuritish, ijro intizomi, “Temir daftar”lardan chiqarilgan oilalar bilan alohida ishlash, istiqbolda aholi daromadlarini oshirish boʻyicha oʻz strategiyamizga ega boʻlish boʻyicha ham ishchi guruh tomonidan amaliy yordamlar berildi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring