Savdo majmuasi qurilmoqda
Aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadini amalga oshirishda Karmana tumanidagi “Grand Diyor Navoiy” MCHJ ishchi-xodimlari turdosh korxonalar orasida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Boy tajriba va malakali ishchilarimiz koʻmagi hamda yuz nafardan ziyod shartnoma asosida yollanma ishchilarni jalb qilgan holda zamonaviy tipdagi savdo majmuasini quryapmiz, – deydi MCHJ rahbari Durbek Dilmurodov. – Bu majmua 300 ta 3x6 metr hajmdagi doʻkonlar hamda 70 ta 3 qavatli doʻkonlarni oʻz ichiga oladi.
Qurilish ishlari joriy yilning toʻrtinchi choragida nihoyasiga yetkazilishi moʻljallangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring