Saudiya Arabistonida yashovchi 34 yoshli ayol birdaniga 10 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi
Foto: moika78.ru
Saudiya Arabistonidagi 34 yoshli ona tabiiy ravishda besh juft sogʻlom egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Saudi Gazette” xabar berdi.
Voqea joriy yilning 12-yanvar kuni Tabuk shahridagi “Qirol Salmon” kasalxonasida sodir boʻldi. Bu shifoxona qirollik qurolli kuchlariga tegishli boʻlib, tugʻish hech qanday asoratlarsiz oʻtgan.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning vazni 950 grammdan 1100 grammgacha boʻlgan va ular onasi bilan birga bir necha hafta davomida shifokorlar nazorati ostida boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring