Saudiya Arabistonida ham koronavirus sabab jamoat namozlari oʻqilishi vaqtincha toʻxtatildi

14:49 18 Mart 2020 Dunyo
1667 0

“Ar-Riyodda ulamolar kengashi koronavirus oqibatlariga bagʻishlangan shoshilinch yigʻilishda virusning tez tarqalishi va u koʻplab oʻlim holatlariga olib kelishi xavfi mavjudligini tasdiqlovchi tibbiy tadqiqotlar hamda odamlarning toʻplanishi virus tarqalishiga asosiy sabab ekanligini hisobga olib, juma va boshqa jamoat namozlarining masjidlarda oʻqilishi toʻxtatilishini qonuniy deb topdi, masjidlar eshiklari vaqtincha yopiladi, bu vaziyatda azon oʻqilishi yetarli hisoblanadi”, deyilgan ulamolar qarorida.

Avvalroq boshqa arab davlatlari, jumladan BAA, Kuvayt va Ummonda ham jamoat namozlari oʻqilishiga taqiqlov kiritilgandi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonida 15 kunga barcha xususiy korxonalar faoliyati toʻxtatiladi. Taʼkidlanishicha, ushbu qaror faoliyati sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat taʼminoti bilan bogʻliq boʻlgan korxonalardan tashqari barcha korxonalar uchun taalluqli hisoblanadi.

Ayni vaqtda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 171 nafarga yetdi. Oʻlim holatlari qayd etilmagan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер