Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni qabul qilish boshlanayotganini maʼlum qildi
Arxiv surat
Saudiya Arabistoni hukumati 4-oktyabrdan boshlab SOVID-19 epidemiyasi sababli mart oyidan buyon toʻxtatib qoʻyilgan mamlakatda joylashgan musulmon dunyosining ziyoratgohlarini ziyorat qilishni bosqichma-bosqich qayta yoʻlga qoʻymoqda.
Bu haqda Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi bayonotida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, birinchi bosqichda ziyoratchilar soni, shu jumladan, Saudiya Arabistoni fuqarolari hamda xorijliklar bilan birga 6000 kishi bilan chegaralanadi.
1-noyabrdan esa chet eldan keladigan ziyoratchilar hisobiga oʻsish kuzatilishi bois tashrif buyuruvchilar sonini kuniga 20.000ga yetkazish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring