Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga suiqasd uyushtirildi
Turkiyaning «Yeni Şafak» gazetasi xabariga koʻra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saudning hayotiga suiqasd uyushtirildi.
Qayd etilishicha, voqea Jidda shahrida sodir boʻlgan. Saudiya shahzodalaridan biri qirol merosxoʻrini oʻldirmoqchi boʻlgan.
«Muhammad bin Salmonning oʻzi tirik, u yaralanmagan», — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, jinoyatchi oʻsha vaqtda qoʻlga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring