Saudiya Arabistoni mutlaqo toza havoli shahar qurmoqchi
Foto: AP Photo
Saudiya Arabistoni joriy yilning birinchi choragida mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida karbonat angidrid chiqindilaridan mutlaqo xoli boʻlgan shahar qurishni boshlashni rejalashtirmoqda.
“Shahar bir million aholiga moʻljallangan boʻlib, unda 380 ming ish oʻrni yaratiladi”, deydi shahzoda Muhammad bin Salmon Al-Saud davlat televideniyesi orqali.
Shahzodaning soʻzlariga koʻra, «Neom» sanoat zonasiga kiruvchi shahar 100 foiz “toza energiya” bilan taʼminlanadi. Energiya narxlarining pasayishi sharoitida yangi obyektlarning qurilishi esa davlatning iqtisodiy bazasini kengaytiradi.
“Blooomberg” maʼlumotlariga qaraganda, Qizil dengiz hamda Akaba koʻrfazida flagman-biznes zonasini yaratish uchun taxminan 500 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Loyiha 26 500 kvadrat kilometr maydonda amalga oshiriladi. Qurilish ishlari 2025-yilda yakunlash rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring