Saudiya Arabistoni ilk bor ayolni koinotga yuboradi
Foto: Illustrativ foto
Astronavt Rayyana Barnavi joriy yilning bahorida NASA missiyasi doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga uchadi. U biotibbiyot fanlari magistri boʻlib, ixtisosligi — saraton va ildiz hujayralarini tadqiq qilish.
Qayd etilishicha, Rayyana Barnavining missiya tarkibiga kiritilishi Saudiya Arabistoni rasmiylarining qirollikni modernizatsiya va isloh qilish strategiyasida muhim qadamdir. Ar-Riyod soʻnggi paytlarda ayollar huquqlarini taʼminlash hamda mamlakatni faqat oʻta konservativ qadriyatlar ustunlik qiladigan hudud imijidan xalos qilish uchun bir qator choralar koʻrmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring