Saudiya Arabistoni bilan turizm sohasini birgalikda targʻib qilish masalalari muhokama qilindi

15:49 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
356 0

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmed bin Aqil al-Xatib bilan uchrashdi.

Aziz Abduhakimov UNWTO Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasidagi tashrifi uchun Ahmed bin Aqil al Xatibga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Butunjahon turizm kuni muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 27-28-sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida “Butunjahon turizm kuni 2023. Turizm va yashil investitsiyalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etib, mamlakat turizm salohiyati taqdimotini oʻtkazdi.

Shuningdek, vazir Madridda boʻlib oʻtgan saylovlar chogʻida Samarqand nomzodini qoʻllab-quvvatlagani uchun tashakkur bildirdi va 2026-yilda UNWTO Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi mezbonligi uchun saylovda Saudiya Arabistoni nomzodini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Oʻz navbatida Ahmed bin Aqil al-Xatib ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi.

A. Abduhakimov Xiva “Islom olamining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganini taʼkidlab, Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalarini ushbu goʻzal shaharning boy tarixi va madaniy merosini namoyish etish uchun Xivaga taklif qildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va sayyohlik blogerlari uchun oilaviy sayohatlar uyushtirish orqali Oʻzbekiston va Saudiyaning turizm salohiyatini birgalikda targʻib qilishni oshirish, ikki davlat oʻrtasida parvozlar sonini koʻpaytirish, Saudiyaning yetakchi fotograflarini yurtimizga taklif qilib, ularning suratlari asosida “Oʻzbekiston saudiyalik fotograflar nigohida” maxsus koʻrgazmasini tashkil etish, 2024–2025-yillarga moʻljallangan qoʻshma memorandum boʻyicha harakatlar rejasi ishlab chiqish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, 2022-yilda Saudiyadan Oʻzbekistonga turizm oqimi tiklandi (1731 ta) va bu yil 60 foizdan ortiq oʻsish kuzatildi. Oʻtgan yili turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanib, sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish borasida kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер