Sariosiyodagi janjal yuzasidan maʼlumot berildi

18:06 30 Iyun 2020 Jamiyat
1146 0

2020-yilning 21-iyun kuni soat 17:30 da Sariosiyo tumani «Lutfikor» mahallasidan oʻtuvchi Sariosiyo-Uzun yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlida 31 yoshli M.Ya. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtida oʻzi bilan bir yoʻnalishda 21 yoshli R.M.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan oʻzaro bir-biriga yoʻl bermasligi oqibatida oʻzaro tortishib qolib, ushbu hududga yaqin boʻlgan M.Ya.ning amakisi 55 yoshli O.Ya.ning yashash uyi yoniga toʻxtab, avtomashinadan R.M. va uning ukasi 18 yoshli U.M. tushib fuqaro M.Ya. va uning amakisi O.Ya. bilan oʻzaro tortishib janjallashib bir-birlariga qasddan tan jarohati yetkazishgan.

Shu kunning oʻzida soat 18:30 da fuqaro R.M. ukasi U.M. otasi 41 yoshli O.X. va amakisi 32 yoshli X.O. fuqaro O.Ya.ning yashash uyiga borib, O.Ya.ning qarindoshi boʻlgan 31 yoshli O.N.ning tanasining duch kelgan joylariga qasddan urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan soʻng, soat 20:20 da M.Ya. va uning janjaldan xabar topgan 5 nafar qarindoshlari birgalikda O.X.ga tegishli boʻlgan kichik korxonasi binosi oldiga borib, O.X. va uning oʻgʻillari R.M. U.M.ni qoʻl va oyoqlari bilan badanlarining turli sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер