Sariosiyoda maktab direktori jurnalistlar faoliyatiga qarshilik ko‘rsatdi

14:36 18 Noyabr 2021 Jamiyat
1832 0

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida maktab direktori jurnalistlar faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, videokamerasiga shikast yetkazgan.

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 12 noyabr kuni Sariosiyo tumani xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 28-sonli umumtaʼlim maktabi direktori t.U. bir guruh o‘qituvchilarning direktor ustidan yo‘llangan shikoyat arizasini o‘rganish maqsadida borgan “Diyor24.uz” veb-sayti jurnalistlari faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgani va ularga tegishli bo‘lgan kameraga shikast yetkazgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Avvalroq mazkur maktab direktori t. U.ga nisbatan o‘z lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashib, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda ijro intizomini va odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun “hayfsan” berilgan.

Maktab direktorining OAV xodimlariga nisbatan qonunga zid xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер