Sardor Rashidov bugun 77-raqamda oʻynaydi

03:51 03 Fevral 2019 Sport
3834 0

Foto: sports.uz saytidan olindi.

Xabaringiz bor, iqtidorli futbolchilarimizdan biri Sardor Rashidov kelgusida oʻz faoliyatini Portugaliyaning “Nasonal” jamoasida davom ettiradi.

Yevropaning Gʻarbiy qismida, Ronaldu vatanida toʻp suradigan ilk oʻzbek futbolchisi kuni kecha oʻziga 77-raqamni tanladi. Uning bugun Primeyra-liga doirasida “Setubal” jamoasiga qarshi oʻtkaziladigan bahsda yangi jamoasi safida debyut qilishi kutilmoqda.

Sardor Rashidov shu kungacha “Soʻgʻdiyona” (yoshlar), “Bunyodkor”, “Al-Jaish” (Qatar), “Al-Jazira” (BAA) va “Lokomotiv” jamoalari tarkibida maydonga tushgan.

Sunnatilla Islomov (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер