Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari oʻrinbosari — “Vaqf” xayriya ishlari boʻyicha direktori lavozimiga tayinlandi

17:49 01 Noyabr 2023 Jamiyat
919 0

2023-yil 1-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kelgusidagi rejalar va tashkiliy masala koʻrildi.

Fond boshqaruvi rahbari Isaxon Abdullayev tomonidan yordamga muhtoj kishilarga koʻmak berish, nogironlarga mehr koʻrsatish, kambagʻal oilalar holidan xabar olish, quduq qazish hamda ilm-fanga oid innovatsion loyihalar hamda talabalarni qoʻllab-quvvatlash kabi xayriya ishlarini kengaytirishga alohida urgʻu qaratildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Fondning xayriya aksiyalarini ommalashtirish maqsadida, mehr-muruvvat ishlarini uyushtirish, nogiron bolalarga yordam qoʻlini choʻzish va sinovli kunlarda koʻngli yarim insonlar qalbiga yoʻl topishda “Yurak amri” nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) Fond rahbari oʻrinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari boʻyicha direktor lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер