Deputat: Sardoba fojeasidan zararlangan aholiga koʻp qavatli uylar qurib berish notoʻgʻri

04:23 15 May 2020 Siyosat
1207 0

Foto: adolat.uz

Sardoba fojiasidan zararlangan aholiga koʻp qavatli uylar qurib berish notoʻgʻri. Hovli-joylarini tiklab olishlari uchun pul shaklida moddiy yordam tarqatish kerak. Oʻzlari qurib oladi.

Qishloq joyda aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Ularga yer kerak. Sardoba fojiasidan zarar koʻrgan aholining yeri bor. Ishlaydigan mehnat kuchi bor. Qurilish materiallari bor. Qayta qurish uchun, qoʻshimcha qurilish materiallari sotib olishlari uchun pul kerak. Boʻldi, shu bilan muammo yechiladi. Qishloq joylarda koʻp qavatli uylar qurishning noqulay taraflari koʻp.

Qishloqda tugʻilib, keng dala bagʻrida yashashga oʻrgangan odamlar uchun koʻp qavatli uy umuman toʻgʻri kelmaydi. Darhaqiqat, ular qishloq odamlari, yer odamlari…

Abduqahhor IMINAXUNOV,

Sergeli tuman Kengashi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер