Sardobadagi suv toshqini oqibatida 32381 gektar maydon talafot koʻrgan

17:54 08 May 2020 Jamiyat
2048 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda Sardobadagi suv toshqini oqibatlari haqida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32381 gektar maydonlari talafot koʻrgan.

Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punkti hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy obyekti, 30718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

Hozirgi kunda FVV, Mudofaa, IIV, Milliy gvardiya tomonidan 17000 nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 2500 dan ortiq texnika, 300 ga yaqin motopompa yordamida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va ularning Sirdaryo viloyati boʻlinmalari tomonidan Sardoba tumanining Doʻstlik, Qoʻrgʻontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud boʻlgan hayvonlarning jasadlari koʻmish yoʻli bilan zararsizlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер