Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala koʻrildi.
Ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Ziyadulla Danabayevich Sardoba tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ziyadulla Karimov 1979-yilda Sayxunobod tumanida tugʻilgan. 2001-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti, 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring