“Sardoba” suv omboridagi talafot natijasida yuzaga kelgan elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolar qachon bartaraf etilishi maʼlum qilinadi?

23:02 14 May 2020 Jamiyat
895 0

“Sardoba” suv omboridagi favqulodda holat natijasida yuzaga kelgan elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati boshchiligida tashkil etilgan Shtab va ishchi guruhlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, bugungi kunga qadar 2 ta podstansiya, 92 ta transformator punkti va 271,6 km. elektr uzatish tarmoqlari, 4 937 ta elektr ustunlarini taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, toʻliq ishga tushirildi. Ushbu ishlarga 3,8 mlrd.soʻm soha mablagʻlari yoʻnaltirildi.

Natijada 7 987 ta elektr taʼminoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr taʼminotidan uzib qoʻyilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7 432 tasi toʻliq elektr energiya bilan taʼminlandi.

Suv toshqini natijasida talofat koʻrgan 12 ta aholi punktidan 10 tasi toʻliq barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlandi.

Shuningdek, toshqin natijasida talofat koʻrgan elektr qurilmalarini taʼmirlash boʻyicha tarmoq jadvali va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Talafat oqibatlarini 2020-yil 18-mayga qadar bartaraf etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер