“Sardoba” suv ombori bilan bogʻliq jinoyat ishi boʻyicha 2 kishi qamoqqa olingan
Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish“ ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring