Saraton kasalligini aniqlashning yangi usuli topildi

11:33 29 Oktyabr 2022 Jamiyat
596 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Belarus fanlar akademiyasi olimlari qon tahlili orqali saraton kasalligini aniqlash usulini topdi. Mazkur yangilik tanadagi xavfli oʻsimta hujayralari mavjudligini tekshirishga asoslangan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, sogʻlom kishilarda bunday hujayralar uchramaydi. Chunki ular organizmda shishlar oʻsishi natijasida paydo boʻladi.

Toʻgʻri, yangi diagnostika usuli saraton oʻsmalari bemor tanasining aynan qaysi nuqtasida shakllanganini bilish imkonini bermaydi. Biroq bu oson va samarali tashxislash yoʻli bilan kasallik rivojlanishi xavfini erta bosqichda aniqlash mumkin.

Hozirgacha ushbu yangilik 500-martaga yaqin klinik sinovdan oʻtkazildi va samaradorligi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер