Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan 1 sentyabrdan boshlab:
- yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi;
- sanoat korxonalariga 1 yil muddatgacha xorijiy valyutada 4 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada aylanma mablag‘ taqdim etiladi. Bunda, olib kelinadigan asbob-uskuna uchun 15 foizlik avans to‘lovlari ham jamg‘arma tomonidan kredit qilib beriladi;
- marketing, loyihalashtirish, xorijiy mutaxassis jalb qilish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismiga kompensatsiya to‘lanadi.
Bundan tashqari, sanoat ipotekasi tizimi yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi.
Jumladan, har bir viloyatda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi.
Sanoat zonalarida ishlab chiqarish ob’yekti ishga tushirilib, investisiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng yer maydonlarini xususiylashtirishga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring