Sanoat, tabiiy, madaniy va tarixiy joylarga tashrif buyurishga oid davlat standarti qabul qilindi
Foto: Arxiv surat
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan Oʼz DSt ISO 13810:2023 (ISO 13810:2022, IDT) “Turizm va unga bogʻliq xizmatlar turlari. Sanoat, tabiiy, madaniy va tarixiy joylarga tashrif buyurish. Talablar va tavsiyalar” davlat standarti ishlab chiqildi. Mazkur davlat standarti Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining buyrugʻi bilan qabul qilindi.
Ushbu standart tashrif buyuruvchilar turistik obyektning madaniy, tarixiy yoki tabiiy qiymatining xususiyatlari toʻgʻrisida yoki xizmat, faoliyat yoki mahsulot hozir qanday rivojlanmoqda yoki oʻtmishda qanday rivojlanganini oʻrganishi uchun gid bilan yoki mustaqil ekskursiyalarni taklif qiluvchi xizmatlarni yetkazib beruvchilar uchun umumiy talablar va tavsiyalarni belgilaydi.
Ushbu standart tashrif sifati va xavfsizligiga va/yoki tashrif buyuruvchilar tajribasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turistik tashriflar va tegishli xizmatlar, obyektlar, uskunalar va operatsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Standart joriy yilning 1-noyabrdan amalga joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring