Sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetdi

17:29 08 Sentyabr 2023 Siyosat
722 0

Prezidentimiz yig‘ilishda o‘tgan yetti oyda yurtimizda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetganini ta’kidladi.

Bu ko‘rsatkich elektrotexnika sanoatida 46 foizni, yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 16 foiz, qurilish materiallarida 12 foiz, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11 foizni tashkil qilib, yuqori sur’atlarda o‘sdi.

Misol uchun, misni qayta ishlash 30 foizga va yuqori qo‘shilgan qiymatli maishiy texnikalar hajmi 36 foizga oshishi hisobiga jami 12,5 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ularning eksporti 25 foizga ko‘payib, 550 million dollardan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер