Sankt-Peterburgda mashinada 62 yoshli Oʻzbekiston fuqarosining jasadi topildi
Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik 62 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda “Невские Новости” xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, erkakning jasadi ikki koʻcha chorrahasida oʻz mashinasida topilgan. Dastlabki tergov natijalariga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari marhum Oʻzbekiston fuqarosi ekanligini va ilgari sudlanmaganligini aniqlagan.
Qayd etilishicha, tashqi tekshiruv vaqtida jasadda qotillik izlari topilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring