Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 1,3 million AQSH dollarilik uskunalar topshirildi
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha Oʻzbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlashga qaratilgan.
Unga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga oʻta zarur boʻlgan sovuq zanjir uskunalari va kompyuterlari topshirildi. Mazkur texnologiya va vositalarning umumiy qiymati 1,3 million AQSH dollariga teng.
Ular:
— 671 ta sovutgich,
— 212 ta muzlatgich,
— 150 ta kompyuterdan iborat.
Yangi uskuna va jihozlar mamlakatimizdagi birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring