Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 2 817 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzganligi aniqlandi
Foto: Illustrativ foto
Biznes-ombudsman tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 2 817 ta holatda tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Jumladan, 1 814 ta holatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilik talablari buzilgan. Hududlar kesimida Eng koʻp yoʻl qoʻyilgan qonun buzilish holatlari:
— Samarqand viloyatida (639 ta),
— Jizzax viloyatida (598 ta),
— Namangan viloyatida (363 ta) holatda uchragan.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqishda 612 ta holatda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan. Bundan tashqari, 363 ta holatda tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishda qonunchilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan.
Qayd etilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 278 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ularni kelgusida yoʻl qoʻyilishining oldini olish hamda tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi yuzasidan Taqdimnoma kiritildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring