Sanatoriya va kurortlarga bepul yoʻllanma olish huquqi boʻlgan odamlar roʻyxati maʼlum qilindi
Qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi toifadagi shaxslarga bepul kurort vaucherlari beriladi:
— urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
— halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
—respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
— Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
— yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
— I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
— yolgʻiz keksalar;
— yoshga doir pensionerlar.
Yoʻllanma olish uchun quyidagilarni taqdim etishingiz kerak: ariza, pasportingiz nusxasi, yuqoridagi fuqarolarga imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar.
a) har yili (navbat asosida):
— urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
— respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
— Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
— yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga;
— yolgʻiz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):
— urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
— I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
v) sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba — yoshga doir pensionerlarga.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring