Samvel Babayan oʻzbekistonlik shifokorlarga insonparvarlik yordamini yubordi

01:11 11 Aprel 2020 Sport
2482 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston terma jamoasi va “Paxtakor“ klubining sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Xitoyda faoliyatini davom ettirayotgan futbol mutaxassisi Samvel Babayan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda championat.asia sayti xabar bermoqda.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatimiz shifokorlari old qatorlarda turishibdi. Mazkur oliyjanob kasb egalarining fidokorona va professional faoliyati, profilaktika choralari sabab Oʻzbekistonda koronavirus tarqalib ketmasligi bilan bogʻliq vaziyat barqaror darajada, bu esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga imkon beradi. Albatta, bularning barchasi boshqa tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Bu yuk — infeksiyadan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishda, shuningdek karantindagi odamlarni nazorat qilishda ishlayotgan shifokorlarimiz uchun zarur himoya vositalari va ekipirovkalaridir”, - deydi “Chanchun Yatay” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер