Samsung yangi buklanadigan ikkita smartfonlarni eʼlon qildi

12:29 11 Avgust 2022 Dunyo
696 0

Foto: Illustrativ foto

Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi yangi buklanadigan smartfonlarni eʼlon qildi — Galaxy Z Flip 4 va Galaxy Z Fold 4. Ularning narxi mos ravishda 1000 va 1,8 ming dollarni tashkil etadi.

Galaxy Z Flip 4 choʻzilgan telefon boʻlib, buklanganda kichkina kvadratga aylanadi. Galaxy Z Fold 4 kitob kabi ochiladi va 7,6 dyuymli ekranga ega. Modellar oldingi versiyalarga oʻxshash.

Samsungʻning taʼkidlashicha, ikkala model ham kompaniyaning eng bardoshli buklanadigan telefonlari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер