Samolyot va poyezdda harakatlanuvchi yoʻlovchilar qanday tartib-qoidalarga rioya etishlari kerak?

16:43 15 May 2020 Jamiyat
1293 0

AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning Vaqtinchalik tartibi haqida maʼlumot berildi.

Samolyot va poyezdda harakatlanuvchi yoʻlovchilar mazkur tartib-qoidalariga rioya etishlari talab etiladi:

— Yoʻlovchilarning parvoz vaqtida havo kemasi salonida harakatlanishlari taqiqlanadi; (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno)

— Parvoz vaqtida oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi; (avariya holatidagi harakat yoʻriqnomasi bundan mustasno).

— Parvoz vaqtida yoʻlovchilarga faqatgina 250 ml. hajmdagi qadoqlangan ichimlik suvlari beriladi.

— Yoʻlovchilarga poyezd vagonlarida oʻzlariga taqdim etilgan bir martalik himoya niqoblari va qoʻlqoplarini yechishlariga ruxsat berilmaydi; (yoʻlovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno).

— Yoʻlovchilarning vagonlar boʻylab harakatlanishlari taqiqlanadi; (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno).

— Vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yoʻlovchilarning toʻplanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

— Yoʻlovchilar uchun hojatxonalar sanitariya va gigiyena tozalovchi vositalari, antiseptik vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер