Samolyot hojatxonasidan jasad chiqdi
Moskvadan Samaraga uchayotgan samolyotda erkakning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, 44 yoshli yoʻlovchi Vnukovo aeroportida oʻzini yomon his qilgan. Biroq u baribir qarindoshlari bilan uchishga qaror qilgan. Samolyot bortidayoq u yana oʻzini yomon his qila boshlagan va hojatxonaga kirgan. Styuardessalar uning eshigini uzoq vaqt taqillatishgan. Lekin u javob bermagan va eshikni buzib kirishga majbur boʻlishgan.
Shundan soʻng samolyot Ulyanovskda favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Havo kemasiga politsiya va tez yordam yetib kelgan, biroq shifokorlar yoʻlovchini qutqara olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring