Sambo: vakillarimizning xalqaro turnirdagi muvaffaqiyati
O‘zbekistonlik yosh sportchilar Bishkekda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi.
Sakkizinchi bor tashkil etilgan, 300 dan ziyod sportchilar ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan Ulug‘bek Muhammadiyev 88 kilogramm vazn toifasida barcha raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Davlat Alirizayev 70 kilogramm vaznda, O‘lmas Baxtiyorov 26 kilogramm vaznda va Damir Alirizayev 46 kilogramm vazn toifasida bronza medallariga ega chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring