Samarqandlik erkak sharʼiy xotinini chuv tushirdi

18:11 24 Fevral 2021 Jamiyat
1876 0

2021-yilning 20-yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U. ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

 U murojaatda oʻzining sharʼiy turmush oʻrtogʻi 43 yoshli Sherali U. uning ishonchiga kirib, 2012-yil 21-avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U.ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni nomiga oʻtkazib berishni vaʼda qilib, undan xonadon uchun 2013-yildan 2017-yilning dekabr oyiga qadar 35.000 AQSH dollari pullarni olib, keyinchalik xonadon uchun kredit toʻlovlari toʻliq soʻndirilib, uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер