Samarqanddagi “zapravka”da sodir boʻlgan portlash qurbonlari soni 3 kishiga yetdi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlash qurbonlari soni 3 kishiga yetdi.
Milliy telekanalida xabar berilishicha, shifoxonaga yotqizilgan yana bir kishi 9-may kuni vafot etgan.
Holat 7-may kuni, soat 15:06 atrofida Qushtepa mahallasida joylashgan zapravka hovlisida sodir boʻlgandi. Hajmi 10 metr kub boʻlgan 2 dona yonilgʻi saqlovchi sigʻimda (solyarka) “ZIL” avtomashinasiga yoqilgʻi quyish vaqtida chaqnash yuz bergan.
Portlash natijasida jami 3 nafar fuqaro, shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi vafot etdi.
Viloyat IIB matbuot kotibi Hamidullo Sagʻdullayevning maʼlum qilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring