Samarqanddagi 7-son tergov hibsxonasidagi mahbuslar qanday masalada murojaat qilishdi?

16:22 10 Fevral 2022 Jamiyat
936 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (Ombudsmanga) Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan 3 nafar fuqarodan murojaat yuborilgan edi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur murojaat yuzasidan toʻliq axborot olish maqsadida Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Ilhomjon Toʻxtasinov ushbu muassasaga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida maxbuslar 7-son Tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlaridan shikoyatlari yoʻqligi, advokatlari bilan uchrashuvlar moneʼliksiz tashkil etilayotganligini taʼkidlashdi.

Hibsda saqlanayotgan bir nafar fuqaro boʻlib oʻtadigan sud jarayonida Ombudsman xodimlarining ishtirok etishini soʻradi. Fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, sud majlisida ishtirok etish boʻyicha masʼul belgilandi.

Shuningdek, ayrim mahbuslar sud-tergov jarayonlarining borishi boʻyicha murojaat qoldirdilar.

Oʻtkazilgan monitoring tashrifi davomida mahkum va mahbuslarni yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari va ularga tibbiy yordam koʻrsatish kabi holatlar ham oʻrganildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер