Samarqandda yana 15 nafar bemor tuzaldi

14:53 15 May 2020 Jamiyat
852 0

Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2156 nafarni tashkil qilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер