Samarqandda Yahudiylar qabristoni obod qilindi
Samarqand shahridagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.
Yahudiylar qabristonining 185-yilligi hamda ibodatxonaning 85 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda AQSH, Kanada, Isroil, Rossiya, Avstriya, Germaniya va Avstraliyadan 300 ga yaqin Buxoro-yahudiy diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Marosimda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari kongresi raisi B.Kandov, Isroilning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduarda Shapiro va boshqalar mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elatlar qatorida 4 mingdan ortiq yahudiylar ahil-inoq istiqomat qilayotganligini taʼkidlab, mazkur maskanning obod boʻlishiga hissa qoʻshganlarga minnatdorlik bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring