Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB
Samarqand viloyatida «Tracker», «Nexia-2» hamda traktor tirkamasi ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-oktyabr kuni soat 21:00 da Payariq tumani Tomoyrot MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 25 kmda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida «Nexia-2» haydovchisi tan-jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring