Samarqandda toʻqayzor, Namanganda esa fuqaroning uyi yonib ketdi

17:08 24 Mart 2025 Jamiyat
342 0

Foto: Namangan FVB

Namangan viloyatida joylashgan uylardan birida yirik yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni soat 12:15 da Uychi tumani “Jiydakapa” MFYdagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, yongʻin qutqaruvchilar soat 12:30 da hodisa joyiga yetib borib, 12:32 da alangani oʻrab olgan va oradan 18 daqiqa oʻtib uni toʻliq bartaraf etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida xonadonning 45 kv. m maydonda shift va tom qismi butunlay yonib zararlangan. Shuningdek, qutqaruvchilar binoning 350 kv. m maydonini yongʻindan saqlab qolgan.

Samarqand viloyat FVBning maʼlum qilishicha, 24-mart kuniga oʻtar kechasi soat 23:29 larda Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni “Chilquduq” MFY hududidan oqib oʻtuvchi kanal boʻyidagi toʻqayzorda yongʻin sodir boʻlgan.

Voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Ular yongʻinga soat 23:36 da yetib borgan va soat 00:30 da alanga toʻliq bartaraf etilgan. Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yuqoridagi har ikki holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер