Samarqandda test sinovlari yakunlandi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugun Samarqand shahrida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarining oxirgi kuni boʻlib, imtihonlar 7 ta katta sigʻimli binolarda tashkil etildi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.

Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi.

Shuningdek, bu yilgi test sinovlarida oʻringa oʻrin kirish holatlari aniqlanmadi.
Bundan tashqari, jarayonni xavfsiz oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligidan 126 nafar, milliy gvardiyadan 86 nafar, yongʻin xavfsizligidan 37 nafar, sogʻliqni saqlash tizimidan 21 nafar xodim jalb etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring