Samarqandda test sinovlari 7 ta binoda bo‘lib o‘tmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand shahrida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra, imtihonlar yettita binoda o‘tkazilyapti va xonalar mahalliy hokimlik va mas'ul tashkilotlar tomonidan stol-stul, sovutish moslamasi, shaxsni aniqlovchi identifikatsiya qurilmasi, videokamera moslamalari bilan jihozlangan. Ota-onalar uchun ham zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan.
— Iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qishga kirishni maqsad qilganman, — deydi abiturient Aziz Orzumurodov. — Asosiy yo‘nalish sifatida Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tanladim. Test sinovlarida barcha savollar o‘qigan darsliklarimiz bo‘yicha tushdi. Nasib etsa, bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lish baxtiga erishaman.
Samarqand shahrida test sinovlari abiturientlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 13 kun davom etadi.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, "Xalq so‘zi".
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring