Samarqandda tabiatga 774 mln 642 ming soʻm zarar yetkazildi
Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida daraxtlarni kesish bilan bogʻliq huquqbuzarlik aniqlandi.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent – Samarqand M-39-avtomagistral yoʻli yoqasida yashil belbogʻ (ixota) shaklida ekilgan qariyb 50-55 yillik 9 tup qayragʻoch daraxtlari kesib tashlangani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744 mln 642 ming soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi.
Daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar toʻplanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring