Samarqandda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan 3 ta “zapravka”ga chora koʻrildi
Samarqand viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 3 ta AYOQSH jarimaga tortildi. Bu haqida “Oʻzenergoinspeksiya” maʼlum qildi.
Unda aytilishicha. “A.P.S.”, “M.” va “Sh.-S” MCHJlarga qarashli 3 ta AYOQSHda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holat natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi – 34,3 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi boʻyicha koʻrsatma berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring