Samarqandda qariyb 530 million soʻmlik “svet” talon-taroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “K.A.” fermer xoʻjaligi rahbari A.K. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 267 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “S.G.” MCHJ rahbari S.Sh. savdo doʻkonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 134,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, departamentning Urgut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.T. va boshqalar tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 127,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring