Samarqandda qancha kambagʻal oila bor?

12:16 14 Noyabr 2020 Jamiyat
932 0

Samarqand viloyatida bugungi kunda 215 ming 313 nafar aʼzosi boʻlgan 47 770 ta kambagʻal oilalarning roʻyxati tuzilgan.

Roʻyxatdagilarning 4 ming 651 nafari boquvchisini yoʻqotgan, 7 ming 190 nafari nogiron, 24 ming 954 nafari ishsiz va doimiy daromadga ega emas, 2 ming 368 nafari koʻp bolali oilalar.

Shuningdek, “temir daftarga” 1 ming 704 nafar uzoq muddatga xorijga ketib, oilasiga daromad keltirmayotganlar, 6903 nafari boshqa sabablarga koʻra kambagʻal boʻlganlar kiritilgan.

Roʻyxatga olingan oilalarda 66,2 mingga yaqin ishsiz fuqarolar borligi ham aniqlangan.

Bugungi kunda 33 ming 120 ta kambagʻal oilalar “temir daftar”da qolmoqda.

Har bir kambagʻal oilani qoʻllab-quvvatlash hamda ularni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер