Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan doʻkon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.J.” MCHJ rahbari D.A. savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali 11 turdagi jami 6 762 dona alkogol mahsulotini sotuvga qoʻyganligi aniqlangan, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring