Samarqandda Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi

14:52 07 May 2020 Jamiyat
1335 0

Samarqand shahrida joriy yil Prezident maktabini qurish va foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan. Bugungi kunda ushbu xayrli maqsad yoʻlida bunyodkorlik ishlari avjida.

Joriy yilning mart oyidan “INNOCRAFT” MCHJ qurilish korxonasi tomonidan Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi. Yurtimizda karantin eʼlon qilingan ayni kunlarda quruvchilar sanitar-gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda maktabning yerosti qurilish ishlarini olib borishmoqda.

Qariyb 2,5 gektar yer maydonida Prezident maktabining 168 oʻrinli oʻquv binosi va yotoqxonalar, sport zallari, mini-futbol, basketbol maydonlari, oshxona, xiyobon va boshqa obyektlar bunyod etiladi.
 

Prezident maktabini joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер