Samarqandda pirotexnika vositalarini saqlayotgan fuqaro ushlandi
Samarqandda ichki ishlar boshqarmasi tomonidan pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Samarqand viloyati Urgut tumani Torinjak mahallasi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida A.S. uyida pirotexnika vositalarini saqlayotgani aniqlangan. Ularni sotish maqsadida saqlayotgan fuqarodan IIB tomonidan olib qoʻyilgan.
Xususan, jami 175 ming dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring